Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Erondagi namoyishlarda yanvar oyida ikki kun ichida taxminan 30 ming kishi halok bo‘lgan — Time

 Erondagi namoyishlarda yanvar oyida ikki kun ichida taxminan 30 ming kishi halok bo‘lgan — Time

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davomida faqatgina 8–9 yanvar kunlarining o‘zida 30 ming nafarga yaqin odam o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Time bu ma’lumotlarni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligining ikki nafar yuqori lavozimli mansabdoriga tayanib xabar bermoqda.

Qurbonlar soni juda ko‘p ekani sabab, hatto jasadlar uchun mo‘ljallangan qoplar ham tugab qolgani, tez yordam mashinalari o‘rniga jasadlarni olib ketish uchun yuk mashinalaridan foydalanilgani aytilmoqda, deb yozadi jurnal.

AQShda joylashgan HRANA inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 2025 yil oxirida boshlangan hukumatga qarshi namoyishlar davomida kamida 5 495 kishi halok bo‘lgan, ulardan 5 149 nafari namoyishchilar hisoblanadi.

Shuningdek, HRANA yana 17 031 ehtimoliy o‘lim holatini tekshirmoqda. Faollarning ma’lum qilishicha, 7 403 kishi og‘ir jarohat olgan, Eron xavfsizlik kuchlari esa 40 887 kishini hibsga olgan.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatdagi namoyishlarda 3 117 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Aroqchi qurbonlarning 2 427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari, 690 nafari esa “terrorchilar” ekanini bildirgandi.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!