Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eronda yangi shakldagi pul muomalaga kiritiladi

Eronda yangi shakldagi pul muomalaga kiritiladi

Eronda yangi shakldagi pul muomalaga kiritiladi

calendar

22:26 / 18.06.2024

Mijozlar qog‘oz pul yoki bank kartalaridan foydalanmasdan, balki raqamli riyol orqali xarid qilish va pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eronda 21 iyundan mahalliy valyutaning yangi shakli – raqamli riyol muomalaga kiritiladi, deb xabar berdi «Vedomosti» mamlakat Markaziy bankiga tayanib.

Raqamli riyol - Eronning rasmiy pul birligi riyolning elektron versiyasidir. Raqamli riyol blokcheyn texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan. Raqamli riyol Eron Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Qayd etilishicha, mijozlar qog‘oz pul yoki bank kartalaridan foydalanmasdan, balki shtrix-kodni skanerlash orqali xarid qilish va pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Raqamli riyol loyihasi ustidagi ishlar uch yil avval boshlangan edi. Hozir mamlakatda mahalliy Mellat va Tejarat banklari ishtirokida uni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi.

Loyiha faqat Fors ko‘rfazidagi erkin iqtisodiy hudud – Kish orolida ishga tushiriladi.

Kiritildi: 07:55 19.06.2024. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!