"Siz mening ovozimni Urmiya shahrining Markaziy qamoqxonasidan eshityapsiz va ehtimol bu uni oxirgi marta eshitishingizdir", — deydi Mehrob Abdullazoda Eron g‘arbidagi o‘limga hukm qilinganlar kamerasidan yuborgan ovozli xabarida.
Mehrob hali 2022 yilda, umummilliy norozilik namoyishlari vaqtida hibsga olingan edi. U Eronning "Basij" ko‘ngillilar lashkari a’zolaridan birining qotilligiga aloqadorlikda ayblangan. May oyi boshida u qatl etildi.
Hozirgi vaqtda Eronda siyosiy ayblovlar bilan odamlarni qatl etish holatlari keskin ko‘paygan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Isroilning 28 fevralda Eronga qilgan hujumidan beri kamida 32 nafar siyosiy mahbusning qatl etilgani tasdiqlangan.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘lim jazosidan siyosiy o‘zgacha fikrlovchilarni bostirish uchun tobora ko‘proq foydalanilayotganini qayd etmoqda.