Eron diplomatlari Minob shahrida halok bo‘lgan maktab o‘quvchi qizlar xotirasiga bag‘ishlab pushti rangli ryukzak ko‘rinishidagi nishonlarni taqib olishdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ramz fojiada qurbon bo‘lgan bolalar xotirasini yod etish va jamiyatda birdamlikni ifoda etish maqsadida keng tarqalmoqda.
Hozirda pushti ryukzak Eronda motam va hamjihatlikning milliy ramziga aylanib bormoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday simvollar jamiyatdagi hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash kayfiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.