Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eronda Isroil va AQSh hujumlaridan keyin yadroviy ob’ektlarga jiddiy shikast yetgani tan olindi

Eronda Isroil va AQSh hujumlaridan keyin yadroviy ob’ektlarga jiddiy shikast yetgani tan olindi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbas Aroqchi Isroil va AQSh tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari natijasida mamlakat yadroviy ob’ektlariga «keng qamrovli va jiddiy» shikast yetganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu bayonot Eron parlamenti tomonidan MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinishi ortidan qilingan.

🗣 «Shuni aytishim kerakki, shikast jiddiy va keng qamrovli. Ammo MAGATE inspektorlari keladimi yoki yo‘qmi va ularga to‘liq ma’lumot beriladimi — bu masala parlament qonuniga muvofiq hal qilinadi», — dedi Aroqchiy.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmoil Bag‘ay ham Al Jazeera telekanaliga bergan izohida shunday degan:

🗣 «Bizning yadroviy ob’ektlarimiz jiddiy shikastlangan — bu aniq».

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va uning hamkorlari Eron yadroviy ob’ektlari butunlay yo‘q qilinganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 11:10 27.06.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!