Eronning sharqiy qismida, Afg‘oniston bilan chegarada 4,5 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila episentri 196 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Birjand shahridan 131 km shimoli-sharqda joylashgan. O‘choq 35 km chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmadi.