Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mamlakat bo‘ylab AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil bilan aloqadorlikda ayblanayotgan 120 dan ziyod shaxsni qo‘lga oldi.
"Tasnim" agentligining ma’lum qilishicha, ushbu guruhlar dushmanning harbiy hujum tuzishida yordamlashishgan. Sharqiy Ozarboyjon provinsiyasida ushlangan yetti nafar gumonlanuvchi muhim ob’ektlar koordinatlarini xorijiy shtab-kvartiralarga uzatib turganlikda ayblanyapti.
Shuningdek, Mozandoronda 69 kishi, Kirmonda esa 51 kishi, jumladan, uchta "ayg‘oqchilik guruhi" fosh etildi. Hozirda ushbu shaxslarning barchasi hibsda saqlanyapti, deyiladi xabarda.