Eronda AQSh va Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni 3,3 ming nafardan oshdi.
Bu haqda Mehr Jafar Miadfarga tayanib xabar berdi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 3 375 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida 2,8 mingdan ortiq erkak va qariyb 500 nafar ayol bor.
Avvalroq Miadfar mamlakatdagi kamida 400 ta tibbiy muassasa hujumlar natijasida zarar ko‘rganini bildirgan edi. Shuningdek, 26 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan, yana 188 nafari jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlagan edi. Keyinchalik tomonlar 8 aprel kuni ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 11–12 aprel kunlari esa Islomobodda Pokiston vositachiligida muzokaralar o‘tkazildi.