Eronga qarshi operasiya davomida Isroil va Qo‘shma Shtatlar yadroviy bomba yaratilishining oldini oldi va shu bilan mavjudlik tahdidini yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu videomurojaatda e’lon qildi.
"Operasiya hali tugamadi, lekin biz allaqachon ishonch bilan ayta olamiz: biz tarixiy muvaffaqiyatga erishdik. Biz bu kampaniyani Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishga va kuniga yuzlab raketa ishlab chiqarish qobiliyatiga juda yaqin bo‘lgani uchun boshladik. Bizni qamrab olgan ikkita mavjudlik tahdidi yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi", deb ta’kidladi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eronda hali ham olib tashlanishi kerak bo‘lgan boyitilgan uran bor: "Yoki kelishuv orqali yoki boshqa yo‘llar bilan".