Eron janubida 4,9 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, zilzila episentri taxminan 1,24 million kishi istiqomat qiluvchi Sheroz shahridan 216 km janubi-sharqda joylashgan. Zilzila manbai 25 km chuqurlikda joylashgan.
Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.