Tehronda 2022 yilda xavfsizlik xizmati xodimini o‘ldirishda ayblangan shaxsga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etildi. Oliy sud 2025 yil oxirida uning hukmini o‘z kuchida qoldirgan edi.
Mehrab Abdullazoda ismli ayblanuvchi Mahsa Aminining o‘limidan so‘ng boshlangan umummilliy norozilik namoyishlari vaqtida Abbos Fotemiyeni o‘ldirishda asosiy mas’ullardan biri deb topilgan.
Eron sud axborot agentligi "Mizan"ning xabar berishicha, ayblanuvchi xavfsizlik xodimiga hujum qilganini tan olgan.
Biroq "HRANA" inson huquqlari tashkiloti xabardor manbaga tayanib, Abdullazodaning aybini tan olishi uchun unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganini ma’lum qildi.