Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron vise-prezidentining rafiqasi Tehronda avtohalokatda vafot etdi

Eron vise-prezidentining rafiqasi Tehronda avtohalokatda vafot etdi

Eron vise-prezidenti Esmoil Sag‘aba Esfahoniyning rafiqasi Garmsar-Tehron trassasida sodir bo‘lgan YTHda vafot etdi.

Bu haqda Fars nashri xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchining oila a’zolari bo‘lgan avtomobil shimoliy Semnan provinsiyasida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Ayol voqea joyida vafot etdi, uning uch farzandi va otasi davolanish uchun Garmsardagi tibbiyot markaziga olib ketildi, u yerdan Tehrondagi tibbiy muassasaga evakuasiya qilindi.

Voqea haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Kiritildi: 08:00 01.12.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!