Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron vakili “Germaniya go‘zali” tanlovida g‘olib chiqdi

Eron vakili “Germaniya go‘zali” tanlovida g‘olib chiqdi

Berlinda yashovchi 39 yoshli eronlik arxitektor Apame Shyonauer (Apameh Schönauer) 24 fevral kuni Baden-Vyurtemberg federal shtatining Rust shahrida o‘tkazilgan “Germaniya go‘zali” tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda dw.com yozgan.

Tehronda tug‘ilgan, lekin 6 yoshidan beri Germaniyada istiqomat qiluvchi Shyonauer migrasiya tarixiga ega yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi. Tanlov davomida ikki farzandning onasi Erondagi vaziyatga e’tibor qaratib, ayollar huquqlari uchun kurashga sodiqligini qayta-qayta ta’kidladi.

“Germaniya go‘zali” tanlovi g‘olibi Female Leader mukofotini qo‘lga kiritdi va 25 000 yevro miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, tanlovga 15 ming nafar ayol ariza topshirgan. Finalda Shyonauer 8 nafar raqibini ortda qoldirdi.

Finalning eng keksa ishtirokchisi gamburglik 42 yoshli Minyon Kovollik bo‘ldi.

Keyingi yillarda "Germaniya go‘zali" tanlovi o‘z konsepsiyasini o‘zgartirdi. Ilgari ishtirokchilar podiumda bikinida yurishlari kerak edi. 2019 yildan boshlab ayollarning shaxsiy fazilatlari baholana boshladi. G‘olib endi toj kiymaydi, lekin yelkasiga lenta qo‘yiladi.

Kiritildi: 00:44 27.02.2024. O'qildi: 2989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!