Eron rahbariyati mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimini tiklash harakatlari doirasida Rossiya bilan zenit-raketa majmualarini (ZRM) sotib olish bo‘yicha 500 million yevrolik maxfiy kelishuv tuzgani aytilmoqda.
Bu haqda "Financial Times" tarmoqqa sizib chiqqan hujjatlarga tayanib yozmoqda.
Moskva bilan kelishuv go‘yoki dekabr oyida imzolangan. Maqolaga ko‘ra, Rossiya uch yil ichida Eronga 500 ta "Verba" ZRM va ular uchun 2,5 mingta raketa yetkazib berishi kerak.