Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron va Isroil o‘rtasida yangi urush boshlanishi mumkinmi?

Eron va Isroil o‘rtasida yangi urush boshlanishi mumkinmi?

"Eronga qarshi qattiq sanksiyalar qayta tiklandi, yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar esa boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Eronlik rasmiylarning aytishicha, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari vayronalar ostida qolib ketgan, ammo Isroil ular xavfsiz joyga ko‘chirib o‘tkazilgan deb hisoblamoqda", deya yozmoqda The New York Times nashri.

Shu bilan birga, Eron uranni boyitish bo‘yicha yangi ob’ekt ustida ishlashda davom etayotgani taxmin qilinmoqda.

"Natijada xavfli taranglik yuzaga kelmoqda: muzokaralar to‘xtagan, Eron yadroviy dasturi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Isroil rasmiylari uzoq yillardan beri Eronning yadroviy dasturini o‘z mavjudligiga tahdid deb bilib keladi. Fors ko‘rfazidagi ko‘plab mamlakatlarning fikricha, bu holat Isroilning Eronga yangi hujumini deyarli muqarrar qiladi", deyiladi NYT maqolasida.

"Tehron tajovuz yuz bersa, Isroil hujumiga juda keskin javob berilishi va bir vaqtning o‘zida 2000 ta raketa uchirilishidan ogohlantirdi. Eron raketa zavodlari kecha-yu kunduz ishlayapti", — deya ma’lum qildi Eronning Xalqaro inqiroz guruhi loyihasi direktori Ali Vayez.

Kiritildi: 22:03 10.11.2025. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!