Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron va Isroil munosabatiga turk rasmiysi izoh berdi

Eron va Isroil munosabatiga turk rasmiysi izoh berdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Eron urushni xohlamasligi, har qanday jiddiy qarama-qarshilikdan qochishga harakat qilayotganini aytdi, deb yozdi "IRNA news" agentligi.

Mulozim “France 24” telekanaliga bergan intervyusida sionistik rejim va Islom Respublikasi o‘rtasidagi sovuq munosabatdan juda xavotirda ekanini bildirdi.

– Kichik sabab bilan urush boshlanishi mumkin, – dedi u. – Menimcha eronliklar buni istamaydi, chunki ular keskinlikni chetlab o‘tishga intilyapti. Bu tehronlik do‘stlarimiz bilan kechgan uchrashuvlar natijasida olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot.

Ayni payt Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchiy Isroilning ushbu mamlakatga so‘nggi hujumini “yangi tajovuz” deya baholab, javob zarbasi berilishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!