AQSh Ukrainaga so‘nggi yordam paketini ajratadi.
“Reuters” yozishicha, AQSh yaqin kunlarda Ukrainaga 1,2 milliard dollarlik so‘nggi yordam paketini e’lon qiladi.
Prezident Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilayotgan bu galgi ko‘mak zambarak uchun o‘q-dori va zenit-raketalardan iborat.
Shuningdek, Oq uy rahbari qurol-yaroq va harbiy texnika zaxirasidan Tayvanga prezident vakolati ostida 571 million dollar ajratilganini ham bildirdi.