Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron va AQSh memorandum imzolagandan so‘ng muzokaralar uchun 2 oy vaqt ajratadi

Eron va AQSh memorandum imzolagandan so‘ng muzokaralar uchun 2 oy vaqt ajratadi

Anglashuv memorandumi imzolanganidan so‘ng, Tehron va Vashington qolgan bahsli masalalar bo‘yicha 2 oy davomida muzokaralar olib boradi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy ma’lum qildi.

«Rasmiy imzolash marosimi juma kuni bo‘lib o‘tadi va ikki delegasiya rahbarlari kelgusi muzokaralar qadamlarini belgilab olish uchun uchrashadilar. O‘sha vaqtgacha Amerika tomonining urushga chek qo‘yish, blokadani bekor qilish va aktivlarni muzlatishdan bo‘shatish bo‘yicha majburiyatlari sinovdan o‘tkaziladi», — dedi u.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari muzokaralar faqatgina AQSh shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargan taqdirdagina boshlanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, eronlik diplomat memorandum matni imzolanganidan keyin keng jamoatchilik uchun e’lon qilinishini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 08:42. O'qildi: 176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!