Eron delegasiyasi Eron yadroviy dasturi atrofidagi kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha AQSh vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Maskatga keldi.
Bu haqda Eronning IRIB davlat telekanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron O‘mon vositachiligida muzokaralarning uch raundini o‘tkazdi. Birinchi raund 12 aprelda Maskatda, ikkinchi raund 19 aprelda Rimda, uchinchi raund 26 aprelda yana Maskatda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Eron delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, Amerika delegasiyasiga esa AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qilmoqda.