Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Eron O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etadi

Eron O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etadi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Eronning yetakchi kompaniyalaridan biri - Golrang Pharmaceutical Investment Co kompaniyasi bosh direktori Qosim Ali Oshofte boshchiligidagi delegasiyaning mamlakatga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif doirasida Qosim Ali Oshofte Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi Nasrulla Boboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Bekobod shahrida farmasevtika faoliyatini rivojlantirish orqali dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investisiya loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqot chog‘ida Eron tomoni bilan aniq loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari va shartlari ustidan ish olib borish maqsadida hamkorlikka erishildi va keyingi qadamlar belgilandi.

Kiritildi: 11:03 21.01.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!