AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Vashington va Tehron amaldagi sulh muddati tugaguniga qadar kelishuv tuzishi mumkin. Ammo sulh muddatini uzaytirish kerakligiga ishonchim komil emas;
◾️ Eron biz bilan kelishuvga erishish uchun ilgari qilmagan ishlarni bajarishga tayyor;
◾️ Agar Eron bilan kelishuvga erishilmasa, jangovar harakatlar qayta boshlanadi;
◾️ Isroil va Livan rahbarlari bir yoki ikki haftadan so‘ng Vashingtonda tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi.
Shuningdek, Tramp Ukraina va Rossiya o‘zaro urushni to‘xtatishi va do‘stlashishini xohlashini aytdi.
Avvalroq, Tramp Eron 2025 yil yozida AQSh tomonidan mamlakat yadroviy ob’ektlariga berilgan aviazarbalarda ko‘milib qolgan “yadroviy chang”ni topshirishga rozi bo‘lganini aytgan edi.