Eron sud organlari Tehron amerikalik mahbuslarni ozod qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishmoqda.
"Tergovlar natijasida AQSh prezidenti Donald Trampning tavsifiga yoki boshqa xususiyatlariga mos keladigan birorta ham mahbus yoki amerikalik josus Eron qamoqxonalaridan ozod qilinmaganligi yoki almashtirilmaganligi aniqlandi", deyiladi Tasnim bayonotida.
Avvalroq Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Eronda hibsga olingan AQSh fuqarosi 2024 yilda ozod qilinishini e’lon qilgan edi. Amerika rahbari shuningdek, Tehronga bu xayrixohlik uchun minnatdorchilik bildirdi, ammo ozod qilingan amerikalik ayolning ismini aytmadi.