Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron TIVi Fransiyani namoyishchilar huquqlariga rioya qilishga chaqirdi

Eron TIVi Fransiyani namoyishchilar huquqlariga rioya qilishga chaqirdi



Eron TIV vakili Ismoil Baqoi Fransiya xavfsizlik kuchlarining namoyish ishtirokchilariga nisbatan harakatlarini qoralab, mamlakat hukumatini namoyishlar vaqtida insonning asosiy huquq va erkinliklariga rioya qilishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda xavfsizlik kuchlarining harakatlarini tanqid qilayotgan Fransiya hukumati o‘zi «namoyishlarni qattiq bostirmoqda».

Baqoi Fransiya OAVlarining 2 mingdan ortiq namoyishchi qo‘lga olingani va polisiya tomonidan haddan tashqari kuch ishlatilgani haqidagi xabarlariga ishora qilib, ushbu da’volarni tergov qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:50 03.10.2026. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!