Mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Maskatga tashrifi doirasida O‘mon sultoni Haysam bin Tariq bilan uchrashdi.
Eron TIV bayonotiga ko‘ra, Aroqchi O‘monga diplomatik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlagani hamda AQSh va Isroil tomonidan Tehronga qarshi boshlangan urushdagi ehtiyotkorona pozisiyasi uchun minnatdorlik bildirdi. U mintaqada Qo‘shma Shtatlar harbiy ishtiroki faqat beqarorlik va bo‘linishga olib kelishini ta’kidlab, qo‘shni davlatlarni Vashington aralashuvidan xoli bo‘lgan kollektiv xavfsizlik mexanizmlarini yaratishga chaqirdi.
Shuningdek, O‘mon sultoni urush tezroq va uzil-kesil tugashiga hamda mintaqada barqarorlik qaytishiga umid bildirib, bu borada har qanday yordamga tayyorligini ma’lum qildi. Uchrashuv davomida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va Pokiston vositachiligida davom etayotgan muzokaralar muhokama qilindi.