AQSh xalqaro huquqqa putur yetkazmoqda va dunyoga faqat o‘zi uchun foydali tartib o‘rnatishga intilmoqda, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi.
U Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan qo‘shma matbuot anjumanida shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
"Amerikaliklar tinchlikka faqat kuch bilan erishish mumkinligi haqida gapirmoqda, ammo bu katta xato bo‘lishi mumkin," - deya ta’kidladi eronlik diplomat.
Arakchining so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun kuch bosimidan foydalanmoqda.
"Amerikaliklar xalqaro huquqni poymol qilib, o‘zlariga qulay pozisiya va tinchlikka erishish uchun kuch ishlatmoqda," - dedi Eron TIV rahbari.
U, shuningdek, AQSh jahon maydonida shartlarni belgilashda davom etayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington "o‘zini daxlsiz deb hisoblaydi" va xalqaro siyosatda "to‘liq harakat erkinligi"ga intiladi.