Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron TIV: Armiyamiz har qanday ssenariyga tayyor va raqiblarga «syurprizlar» hozirlagan

Eron TIV: Armiyamiz har qanday ssenariyga tayyor va raqiblarga «syurprizlar» hozirlagan

Eron Qurolli kuchlari voqealarning har qanday rivojiga tayyor. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy ma’lum qildi.

«Biz har qanday ssenariyga to‘liq tayyormiz», — deya ta’kidladi Baqoiy matbuot anjumanida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

U, shuningdek, Tehron raqiblarning har qanday harakatlariga «bor kuchi bilan» javob qaytarishini bildirdi.

Eron TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari so‘nggi 40 kun ichida o‘z imkoniyatlarini allaqachon isbotlab bo‘lgan. Baqoiy Eron armiyasi «raqibga yangi kutilmagan sovg‘alar (syurprizlar) tayyorlab qo‘yishini» qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!