Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy AQShning kemalarga hujum qilish haqidagi tahdidlari o‘zini tarixdagi eng yirik super kuch deb ataydigan mamlakatga obro‘ keltirmasligini aytdi.
U bu haqda matbuot anjumanida fikr bildirdi.
«O‘zini tarixdagi eng yirik super kuch deb ataydigan mamlakatning bunday tahdidlarga murojaat qilishi, ularning o‘zi Eronning harbiy kemalariga qilingan hujum deb tan olgan voqeaga javoban savdo kemalariga hujum qilish bilan tahdid qilishi — faxrlanadigan holat emas», — deya Bag‘oiyning so‘zlarini SNN keltirdi.
Bag‘oiy, shuningdek, davom etayotgan dengiz blokadasi va iqtisodiy urush sharoitida Eron o‘zini himoya qilish holatida ekanini ta’kidladi.