Eron muxolifatdagi "Mojahedin-e Xalk" (Eron xalq mujohidlari tashkiloti) tashkiloti bilan aloqada ayblangan yana ikki a’zoni qatl qildi.
Bu haqda SNN telekanali xabar berdi.
Ular portlovchi moslamalar ishlab chiqarishda va hukumat binolariga granata hujumlarini amalga oshirishda aybdor deb topildi.
"Eron Oliy sudi hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Mahkumlar 31 mart kuni ertalab osildi", deb xabar berdi telekanal.
Shuni ta’kidlash kerakki, kecha Eron ommaviy axborot vositalari "Mojahedin-e Xalk"ning ikki a’zosi qatl etilgani haqida xabar berishdi.