Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron terma jamoasi JCH-2026'da ishtirok etmasligi mumkin

Eron terma jamoasi JCH-2026'da ishtirok etmasligi mumkin

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Taj AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyotidan so‘ng milliy terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok eta olishi dargumon ekanini ma’lum qildi.

«Bugungi voqealar va Qo‘shma Shtatlar tomonidan amalga oshirilgan hujumdan so‘ng, futbol bo‘yicha jahon chempionatidan umid qilishimiz qiyin, biroq bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni sport tashkilotlari rahbarlari qabul qilishi kerak», — deya Tajning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Marca».

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Tehronni o‘z ichiga olgan eng yirik shaharlar zarbalar ostida qoldi. Eron mintaqadagi bir qator mamlakatlarda joylashgan AQSh harbiy bazalariga javob zarbalarini yo‘lladi. Eron va Isroil havo hududi yopilgan, aviaparvozlar to‘xtatilgan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi turnirga saralangan bo‘lib, qur’a natijalariga ko‘ra «G» guruhidan Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari bilan joy olgan edi. Eronliklar guruh bosqichining ikkita o‘yinini Los-Anjelesda, bittasini esa Sietlda o‘tkazishi kerak edi. Isroil «JCH-2026» saralashidan o‘ta olmagan.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!