Eron Tashqi ishlar vazirligi Germaniya hukumati Eronning Germaniyadagi barcha uchta konsulligini yopish haqidagi qarori munosabati bilan Germaniyaning mamlakatdagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirdi.
Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi.
"Germaniya hukumatining Eron Islom Respublikasining Germaniyadagi konsulliklari faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qarori asossiz harakatdir", - deya ta’kidladi Eron Tashqi ishlar vazirligi va bu Eron fuqarolarini konsullik xizmatlaridan mahrum qiladi.
Frankfurt-na-Mayn, Gamburg va Myunxendagi Eron konsulliklarining asosiy vazifasi "Germaniyada yashovchi eronliklarga zarur konsullik xizmatlarini ko‘rsatish va ularning qabul qiluvchi davlatdagi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash"dir.
Bir kun oldin Germaniya hukumati Eronning Germaniyadagi barcha uchta konsulligini yopishga buyruq bergan edi.