Eron rasmiylari Qo‘shma Shtatlar bilan mojarolarni hal qilish bo‘yicha yangi muzokaralarda ishtirok etish uchun hozircha hech qanday rejaga ega emas.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ay ma’lum qildi.
"Bizning yangi muzokaralar rejamiz yo‘q", dedi u.
Bag‘ay AQShning harakatlari diplomatik jarayonda jiddiylikning yo‘qligini ko‘rsatib, Vashington tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasi va Livandagi sulhni buzganlikda ayblanayotganini qo‘shimcha qildi.
AQSh delegasiyasining Eron bilan muzokaralar bosqichi bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan Islomobodga borish qaroriga izoh berar ekan, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili "bu ularning shaxsiy ishi" ekanligini ta’kidladi.
U shuningdek, Tehron hech qachon Vashington bilan boyitilgan uranni AQShga yoki uchinchi davlatlarga eksport qilish imkoniyatini hech qachon - hozirgi yoki oldingi muzokaralarda muhokama qilmaganligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari bunday variantni umuman ko‘rib chiqmayapti.