Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Eron Tashqi ishlar vaziri Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar uchun Ummon poytaxtiga tashrif buyurdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar uchun Ummon poytaxtiga tashrif buyurdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar uchun Ummon poytaxtiga tashrif buyurdi.

"Eron va AQSh vakillari Ummondagi bilvosita muzokaralarda faqat yadro dasturini muhokama qiladi", — deya aniqlik kiritdi Eron Tashqi ishlar vaziri.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ham Ummon Sultonligiga yetib kelgan.

Abbos Aroqchi Ummon TIV rahbariga Tehronning pozisiyasi bayon qilingan hujjatlarni topshirdi, endi ular AQSh delegasiyasiga yetkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:32 12.04.2025. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!