Eron Qurolli Kuchlari milliy xavfsizlikka tahdidlarga javoban profilaktik harbiy operasiyalarni o‘tkazishga tayyorligini e’lon qildi.
Bu haqda Eron armiyasining rasmiy vakili brigada generali Muhammad Akraminiya ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu mamlakat harbiy strategiyasida sezilarli o‘zgarishni anglatadi.
"Qayerda tahdid aniqlansa, biz profilaktik operasiyalarni o‘tkazamiz. Bizning harbiy doktrinamiz profilaktik mudofaa va to‘xtatish operasiyalariga o‘tdi", deb qo‘shimcha qildi general.
Avvalroq The New York Times (NYT)AQSh razvedka hisobotlari va tahlilchilariga tayanib, Tehronning Vashington bilan olti oylik qarama-qarshilik paytida o‘z harbiy imkoniyatlariga ishonchi sezilarli darajada oshganini xabar qilgan edi.