The Guardian nashrining tahliliy maqolasiga ko‘ra, Tehron zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt (SI) va internet memlaridan foydalangan holda Vashingtonga qarshi olib borilayotgan global axborot urushida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
"Eron hukumati va unga aloqador tuzilmalar an’anaviy, zerikarli tashviqot usullaridan voz kechib, raqamli muhitning eng zamonaviy va ta’sirchan qurollariga yuzlandi. AQSh bilan bo‘layotgan axborot ziddiyatida Tehron endilikda geosiyosiy maqsadlarini ilgari surish uchun ommaviy madaniyat elementlaridan mahorat bilan foydalanmoqda. Ushbu strategiya orqali Eron nafaqat Yaqin Sharq mintaqasida, balki AQSh va G‘arb davlatlarining ichki axborot makoniga ham chuqur kirib bormoqda", deyiladi maqolada.