Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron shimolida Isroilning dronlarini yig‘ish inshooti topildi

A A A
Eron shimolida Isroilning dronlarini yig‘ish inshooti topildi

Eronning Tehron viloyatining Rey shahridagi uylardan birida dron yig‘uvchi ustaxona topildi.

Bu haqda shahar polisiyasi boshlig‘i Husayn Mafi voqea joyidan IRINN telekanalining jonli efirida aytib o‘tdi.

"Biz uylardan birida shubhali shaxslar haqida ma’lumot oldik. Darhol razvedka va huquq-tartibot kuchlari uyga kirishdi, u yerda ko‘plab dronlar, kamikadze uchuvchisiz uchish apparatlari va qo‘lda yasalgan bomba topilib, musodara qilindi", deb tushuntirdi polisiya boshlig‘i.

Uning so‘zlariga ko‘ra, topilgan portlovchi moddalarning og‘irligi 200 kg dan oshgan.

Mafi, shuningdek, 30 ga yaqin pichoqlar, 33 ta ishga tushirish moslamalari va kamikadze dronlari uchun ko‘plab jihozlar topilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 08:30 16.06.2025. O'qildi: 2890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!