Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Eron Rossiyaga 1 mln dollarlik qurol sotdi

Eron Rossiyaga 1 mln dollarlik qurol sotdi

Eron Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga turli turdagi o‘q-dorilarni bir million dollardan ko‘proqqa sotgan. Bu haqda ikki mamlakat o‘rtasidagi shartnomaga tayanib, Sky News xabar berdi.

2022 yil 14 sentyabrdagi tegishli hujjatlarni qo‘lga kiritgan, ekspertlar uni batafsil tahlil qilgan va “ishonchli” deb atagan.

“Bu eronliklar va ruslar o‘rtasida o‘q-dorilar bo‘yicha shartnoma. Biz uning 100 foiz haqiqiyligiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.

Shartnoma ilovasida Tehron Moskvaga T-72 tanklari uchun 125 mm stvollar, 122 mm D-30 gaubisalari uchun stvollar, tank va artilleriya o‘q-dorilarini bergani qayd etilgan. Umuman olganda, buning uchun taxminan 740 ming dollar sarflangan. Shuningdek, jo‘natilishi rejalashtirilgan 122 mm va 152 mm o‘q-dorilar uchun o‘nlab snaryadlar sanab o‘tilgan.

Sky News hujjatlarni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverliga ko‘rsatgan. Kiyev va London materiallarning haqiqiyligini tekshirishni rejalashtirayotganliklarini va shartnomaning haqiqiyligi tasdiqlansa, “chora ko‘rishlarini” aytgan.

Kiritildi: 23:30 05.06.2023. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!