14 sentyabr kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron qanotli raketasi amerikalik dengiz piyodalarini olib ketayotgan kemani urgan. Hujum oqibatida AQSh Dengiz piyoda korpusining 8 nafar harbiy xizmatchisi yaralangan. Bu haqda Pentagon hodisani jamoatchilikka oshkor qilmaganini ta’kidlagan NBC News xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba AQSh harbiy-dengiz kuchlarining jangovar kemasiga emas, balki ehtimol AQSh harbiylari ijaraga olgan tijoriy kemaga berilgan. Barcha jabrlangan harbiylar yong‘in mahsulotlaridan zaharlangan va kontuziya olgan, ammo davolanib, xizmatga qaytgan. Jarohatlar haqidagi ma’lumotlar hodisadan 10 kun o‘tib Pentagonning rasmiy yo‘qotishlar reestriga kiritilgan.