Eronning raketa dasturi kerakli darajada, Tehron uni rivojlantirish ustida ishlashda davom etmoqda.
Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Arag‘chi ma’lum qildi.
"O‘ylaymanki, biz yaxshi holatdamiz”, — dedi u milliy raketa dasturining holati haqidagi savolga javob berar ekan. "Bizning raketalarimiz eng ishonchli mudofaa vositasidir, shuning uchun biz raketa dasturimiz ustida ishlashda davom etamiz".