Eron kuchlarining ikkinchi hujumidan so‘ng, Quvaytdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish va suvni tuzsizlantirish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu haqda Quvayt Elektr energiyasi, suv va qayta tiklanadigan energiya vazirligi e’lon qildi.
"Eronning Quvayt hududiga hujumlari natijasida Quvayt elektr energiyasi ishlab chiqarish va suvni tuzsizlantirish zavodidagi bir nechta infratuzilma inshootlarida yong‘inlar sodir bo‘ldi va ko‘plab energiya bloklari ishdan chiqdi", deyiladi bayonotda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar hujum oqibatlarini tezda bartaraf etishni boshladilar va allaqachon yong‘inni nazorat ostiga olishmoqda. Vazirlikning texnik guruhlari xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlikda zararni baholamoqda va shikastlangan bloklarni tezda ishga tushirish ustida ishlamoqda.
Vazirlik ilgari Eron hujumlari natijasida elektr stansiyalari va suvni tuzsizlantirish zavodlariga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edi. Ushbu inshootlarda ham yong‘inlar sodir bo‘lgan va ularni o‘chirish paytida bir nechta favqulodda xizmatlar xodimlari jarohat olgan.