AQSh va Isroilning Eronga yo‘llagan zarbalari natijasida 201 kishi halok bo‘ldi, yana 747 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Eron Qizil yarim oy jamiyatiga tayanib Mehr agentligi xabar bermoqda.
«747 kishi tan jarohati oldi, 201 kishi halok bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Eronning 24 ta provinsiyasi hujumlarga duch kelgan.
Hozirda zarba berilgan joylarda Qizil yarim oy jamiyati xodimlari ish olib bormoqdalar.