Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron prezidenti internetga kirishni qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Eron prezidenti internetga kirishni qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Eronda internet uch oydan beri tarmoq ishlamayapti, deb yozmoqda Netblocks.

Xabarlarga ko‘ra, 25 may kuni Eron aloqa vazirligi prezidentning ushbu qarorini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror aholining internetga kirish huquqini tiklash uchun ovoz bergan “maxsus ishchi guruh” xulosasidan so‘ng qabul qilingan. Raqamli blokadani olib tashlashning aniq muddatlari ko‘rsatilmagan. Ammo may oyi o‘rtalarida Eron ommaviy axborot vositalari cheklovlar 5 iyun kuni bekor qilinishi mumkinligini bildirgandi.

NetBlocks loyihasining ma’lum qilishicha, Eronda internet 87 kundan beri ishlamayapti. Tarmoqning uzilishi 28 fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga berilgan zarbalardan keyin sodir bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!