Uning ta’kidlashicha, AQShning turnirni tashkil etishdagi harakatlari mamlakatning an’anaviy tashqi siyosatiga mos keladi. Pezeshkiyon Eron bunday yondashuvni qabul qilmasligini va o‘z huquqlarini himoya qilishda davom etishini bildirdi.
Eron prezidentining tanqidi so‘nggi haftalarda ikki davlat o‘rtasida Jahon chempionati bilan bog‘liq kelishmovchiliklar kuchaygani fonida yangradi. Tehron AQShni Eron terma jamoasi texnik xodimlari uchun viza cheklovlari joriy etish va xavfsizlik choralari sabab jamoaning AQShda yig‘in o‘tkazishiga to‘sqinlik qilishda ayblagan.
Ma’lum qilinishicha, shu sababli Eron terma jamoasi yig‘inlarni Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkazib, AQShga faqat o‘yin kunlari borib qaytishga majbur bo‘lgan. Jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlagan bo‘lsa-da, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.