Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron poytaxtini ko‘chirishni tezlashtirmoqchi

Eron poytaxtini ko‘chirishni tezlashtirmoqchi

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakat poytaxtini Tehrondan janubga ko‘chirishdan boshqa chorasi qolmaganini bildirdi. Sabab — shaharning haddan tashqari kengayishi, yetarli suv ta’minotining yo‘qligi va tobora kuchayib borayotgan yer cho‘kishi tahdidi.

Mas’udning aytishicha, u bu taklifni o‘tgan yili oliy diniy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan muhokama qilgan. Taklif qattiq tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, prezident resurslar inqirozi shunchalik chuqurlashganini ta’kidladiki, endi Eron poytaxtni ko‘chirishga majbur.

«Bu hudud Fors ko‘rfazi qirg‘oqlarida joylashgan va ochiq suv yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkonini beradi. Savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat bor», dedi prezident Dubayning qarshi tomonida joylashgan Hormozgon viloyatiga tashrifi chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronni hozir qiynayotgan muammolar rivojlanish yo‘lini Fors ko‘rfaziga burishni talab qilmoqda. «Tehron, Karaj va Qazvin suv inqiroziga yuz tutmoqda va bu muammoni oddiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi», dedi u.

B Avvallari Tehron suvining 70 foizi to‘g‘onlardan, 30 foizi esa yer osti manbalaridan olinardi. Lekin past yog‘ingarchilik va bug‘lanishning ortishi natijasida to‘g‘onlardan olinadigan suv qisqarib, bosim yer osti suvlariga tushmoqda.

Kiritildi: 22:55 03.10.2025. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!