Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Eron Mudofaa vazirligi Isfahondagi portlash yuzasidan izoh berdi

Eron Mudofaa vazirligi Isfahondagi portlash yuzasidan izoh berdi

Eron Islom Respublikasi Qurolli Kuchlarini Mudofaa va qo‘llab-quvvatlash vazirligi yakshanba kuni departamentning Isfahon shahridagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan biriga dronlarning “muvaffaqiyatsiz hujumi” haqida ma’lum qildi, deb yozadi IRNA.

“2023 yil 28 yanvar kuni kechqurun soat 23:30 atrofida Mudofaa vazirligi markazlaridan biriga mini dronlar yordamida muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ulardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, qolgan ikkitasi mudofaa tuzog‘iga tushib, portlab ketgan”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Eron Mudofaa vazirligining Isfahon shahridagi ishlab chiqarish majmualaridan biriga dron hujumi natijasida sexning tomi shikastlangan, deyiladi bayonotda. Ularning qo‘shimcha qilishicha, hujum inson qurbonlari va jihozlarning ishdan chiqishiga olib kelmagan.

Kiritildi: 18:54 29.01.2023. O'qildi: 7982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!