Eron kuchishlatar tuzilmalari namoyishchilarga pulemyotdan o‘q uzmoqda.
Bir necha mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Eponning Marvdasht shahrida maktab va bank binolari tomidan namoyishchilarga qarata o‘q uzilgan, natijada kamida 15 kishi halok bo‘lgan.
Shuningdek, internetda pulemyot ovozi eshitilayotgan video tarqaldi. Bundan tashqari, shaharda ommaviy noroziliklarni bostirish uchun vertolyotlar uchirilmoqda va internet aloqasi butkul uzib qo‘yilgan.