Eron terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Amir G‘alenoi shogirdlari JCH—2026 saralashining 8-turida O‘zbekiston terma jamoasi bilan durang o‘ynadi – 2:2. Eronliklar hisobida 20 ochko bor va saralash bosqichi yakunida o‘z guruhida kuchli ikki o‘rindan birini egallash kafolatlangan. Shu tariqa jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Eron terma jamoasi qatorasiga to‘rtinchi jahon chempionatida ishtirok etadi. U 2014, 2018 va 2022 yillarda JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.