To‘rt kundan beri Eronga don, yog‘och va boshqa yuklarni olib ketayotgan Eronning 20 ta kemasiga Rossiya portlaridan hech qanday tushuntirishlarsiz chiqib ketishga ruxsat berilmayapti.
Bu haqda "Ozod Eron" Telegram-kanali xabar berdi.
Xabardor manbalarga ko‘ra, Rossiya "yuk hujjatlari to‘liq emas" degan jumla bilan cheklanib, bu kemalarning portlarni tark etishiga ruxsat bermaydi. Bu holat eronlik importchilar va kema egalari o‘rtasida chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda.