Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) Isroil tomoni Falastinning XAMAS harakati bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzishi mumkinligidan ogohlantirdi va "yangi urushga tayyor bo‘lish" zarurligini bildirdi. Bu haqda IRQK matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmati bayonotida Livandagi "Hizbulloh" va Yamandagi "Ansor Alloh" harakati hamda Iroqdagi qarshilik guruhlari jasorati olqishlanadi. Bundan tashqari, IRQK "yangi urushlarga" qarshi turishga tayyor turish zarurligini eslatdi.
Eronning fikricha, Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishi mumkin, bu esa mintaqada yangi mojarolar va keskinlashuvlarga olib keladi.
15 yanvar kuni Isroil va HAMAS Qatar poytaxti Dohada o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olish bo‘yicha kelishuv imzolagani ma’lum bo‘ldi.
Tomonlar 42 kun davom etadigan sulh, shuningdek, isroillik garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarga almashtirish haqida kelishib oldilar.