Erondagi norozilik namoyishlari davomida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQR) razvedka bo‘linmasi 31 nafar shaxsni ushladi, ular Isroil tashqi razvedka xizmati (MOSSAD) bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushlanganlar orasida chegara hududlaridagi ikki harbiy va polisiya shtabiga terroristik hujum uyushtirishga harakat qilgan guruh rahbari ham bor.
Bayonotda ta’kidlanishicha, "xorijiy unsurlar" xalqaro platformalarda Eronga qarshi konsensus yaratish, keng ko‘lamli gibrid urush olib borish va “qoldiq terrorchi unsurlar”ga moliyaviy va razvedka yordamini ko‘rsatishda davom etib, mamlakatda tartibsizliklarni keltirib chiqarishga urinmoqda.