Erondagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar qayd etilmadi, deb yozmoqda O‘zbekiston TIV.
O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.
"Erondagi vaziyat O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish so‘raymiz", deyiladi vazirlik bayonotida.